Rossiya Qurolli Kuchlarini obro’sizlantirgani uchun Noize MCga bayonnoma tuzildi

фото: v1.ru

Moskvaning Tverskoy tumanidagi Ichki ishlar vazirligi xodimlari Noize MC taxallusi bilan tanilgan reper Ivan Alekseevga nisbatan rus qo‘shinlarini obro‘sizlantirgani uchun bayonnoma tuzdi. Bu haqda huquq-tartibot idoralariga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Repper-xorijiy agentning ommaviy harakatlari mamlakat va uning fuqarolari manfaatlarini himoya qilish maqsadida Rossiya Qurolli Kuchlaridan foydalanishni obro‘sizlantirishga qaratilgan”, — deyiladi xabarda.

Noize MC 30 mingdan 50 ming rublgacha ma’muriy jarimaga tortiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.