Ukraina harbiylari Rossiya armiyasini Odessa viloyatidagi Orlovka qishlog‘idan siqib chiqardi

Фото: Униан

Ukraina qurolli kuchlari (UQK)ning 3-hujum va 25-havo-desant brigadasi jangchilari Odessa viloyatidagi Orlovka qishlog‘iga kirib olgan rossiyaliklarni siqib chiqardi. Bu haqda UQK bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy ma’lum qildi.

Bosh qo‘mondon bayonotiga ko‘ra, vaziyat keskin bo‘lib qolmoqda, shu sababli qo‘shimcha o‘q-dori, moddiy vositalar va zarur zaxiralarni ajratish haqida qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina qurolli kuchlarining uchinchi alohida hujum brigadasi Rossiya armiyasini Donetsk viloyatidagi Krasnogorovka shahridan siqib chiqargan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.