Tramp Floridada Vengriya bosh vaziri Orban bilan uchrashmoqchi — OAV

Tramp va Orban. Foto: AP

AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban kelasi hafta Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida uchrashadi. Bu haqda Bloomberg va The New York Times manbalariga tayanib xabar bermoqda. Uchrashuv katta ehtimol bilan 8-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Bloomberg yozishicha, bu AQSHning ittifoqdoshlari orasida Tramp prezident lavozimiga qaytishi ehtimoli yuzasidan xavotirni kuchaytiradi. Ushbu uchrashuv sobiq prezident saylovoldi poygasi chog‘ida “tashqi siyosat masalalariga tobora ko‘proq ta’sir o‘tkazayotgani”ni ta’kidlab ko‘rsatadi.

Avvalroq, 25-fevral kuni Donald Tramp Argentina prezidenti Xavyer Miley bilan uchrashgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.