Nonushta 11:00 da, tushlik esa ‘asr’da bo’lsa, shunday bo’ladi
Ratsional (to‘g‘ri) ovqatlanish – bu to‘liq balanslangan va optimal ovqat qabul qilish rejimiga xos bo‘lgan ovqatlanish prinsiplariga rioya qilishdir. To’g’ri ovqatlanish bo’yicha Sanitariya-epidemiologiya qo’mitasi qator tavsiyalarni bermoqda.
Nonushta qilmaslik, tez-tez tamaddi qilish, shirinliklarni ko‘p iste’mol qilish, tuzli ovqatlar yeyish – bularning barchasi ovqatlanishdagi eng zararli odatlardir. Doimiy ravishda sog‘lom ovqatlanish qoidalarining buzilishi o‘smirlar orasida ortiqcha vazn va surunkali kasalliklarning ko‘payishiga olib keladi. Hozirda o‘smirlar orasida semizlik va u bilan bog‘liq bo‘lgan qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari kabi xastaliklar sonini ortishi jiddiy xavotirni chaqirmoqda.
Noto‘g‘ri ovqatlanish o‘sib borayotgan organizmni zarur oziq moddalar bilan to‘yina olmasligiga olib keladi. Misol uchun, temir moddasi kam bo‘lgan ratsion temir tanqisligi anemiyasining tez-tez uchrashiga olib keladi.
Kerakli ozuqa moddalarining yetishmasligi sog‘liq bilan bog‘liq quyidagi muammolarga olib kelishi mumkin:
- doimiy bosh aylanishi;
- charchoqning kuchayishi;
- immunitet tizimining zaiflashishi;
- tishlarning buzilishi;
- bo‘g‘inlardagi muammolar;
- suyaklarning mo‘rtlashishi, ularning sinishi xavfi ortishi;
- bo‘y o‘smaslik;
- qizlarda – hayzning buzilishi.
Aslida ovqatlanish odatlarni o’zgartirish unchalik qiyin emas. Bu tufayli yuzaga keladigan kichik vaqtinchalik noqulaylik to’g’ri ovqatlanish organizm uchun olib keladigan foydadan ustun bo’la olmaydi.
Sharhlar