Nukusda uch kishi is gazidan zaharlanish tufayli vafot etdi
Nukusda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov ma’lum qilgan.
18-oktabr kuni soat 07:51da Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali shifokori Erezhepova K. IIBga murojaat qilib, 23-mikrorayon 3/6-uyda yashovchi 25 yoshli A.Ya., uning 23 yoshli rafiqasi M. va ularni ko‘rgani kelgan 27 yoshli A.T. is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Voqea joyiga tezkor-tergov guruhi yuborilib, tergov-surishtiruv ishlari davomida xonaga isitish qozoni quvuridan kirib kelgan is gazidan zaharlanish oqibatida odamlar halok bo‘lgani aniqlandi.
Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar