O‘zbekiston 155-mamlakat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
O‘zbekiston va Togo o‘rtasida qo‘shma kommyunike imzolandi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Togoning tashqi ishlar vaziri Robert Dyusse bilan birgalikda ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunikeni imzoladi.
“Shubhasiz, bizda Afrika qit’asi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun katta imkoniyatlar mavjud,” – dedi O‘zbekiston TIV rahbari.
G‘arbiy Afrikada joylashgan Togo Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 155-davlat bo‘ldi.
Ulashish:
Sharhlar