O‘zbekiston IIV dronlarni qo‘llash bo‘yicha tuzilmani tashkil qiladi

Фото: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-iyun kuni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazini borib ko‘rdi.

Ichki ishlar vazirligida uchuvchisiz qurilmalarni qo‘llash bo‘yicha tuzilma tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish, ommaviy tadbirlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

Uchinchi bosqichda Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi tashkil etib, sohaga sun’iy intellektni keng joriy qilish, uskunalarni mahalliylashtirish kabi maqsadlar qo‘yilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.