О‘zbekiston Prezidenti Rossiyaga keldi
О‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ish tashrifi bilan Moskvaga yetib keldi, deb xabar beradi davlat rahbarining matbuot xizmati.
Poytaxtning “Vnukovo” aeroportida uni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga, 8-oktyabr kuni MDH sammitining asosiy tadbirlari o‘tkaziladi. Kun tartibiga Hamdo‘stlik doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari kiritilgan.
Ulashish:
Sharhlar