O‘zbekistonda dizel yoqilg‘isi narxi pasaytiriladi

Фото: Autogeek

O‘zbekistonda dizel yoqilg‘isi narxi 15 foizga arzonlashadi, deb xabar qildi “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

Korxona rahbari Bahodirjon Sidiqovning aytishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida 2024-yilda fermer xo‘jaliklariga 680 ming tonna arzonlashtirilgan dizel yoqilg‘isi yetkazib berish bo‘yicha topshiriq bergan.

“2024-yilda 2023-yilga nisbatan qo‘shimcha 200 ming tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz. Dizel yoqilg‘isi yetkazib berishda muammolar bo‘lmaydi. Yana bir muammo dizel yoqilg‘isini arzonlashtirilgan narxda yetkazib berish edi. Biz bir hafta ichida barcha hisob-kitoblarni yakunladik va dizel yoqilg‘isi narxini 15 foizga tushirish uchun barcha choralarni ko‘ryapmiz”, — dedi Sidiqov.

Uning ta’kidlashicha, ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun yetkazib berishning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha yangi tartib o‘rnatiladi. Yangi topshiriqqa ko‘ra, hududlarda kompaniyaning markaziy apparati va neft bazalari, fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi yoqilg‘i quyish shoxobchalari rahbarlarining alohida vazifalari belgilab qo‘yildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.