O‘zbekistonda konfet ishlab chiqaruvchi korxona “Kartoshka” savdo belgisiga bo‘lgan huquqni buzdi

Фото: t.me/adliyaimd

Mahalliy konfet ishlab chiqaruvchi korxona “Kartoshka” tovar belgisiga bo‘lgan huquqni buzdi, deb xabar berdi Adliya vazirligining Intellektual mulk markazi.

Vazirlikka Rossiyaning “Nevskiy qandolatchi” kompaniyasidan murojaat kelib tushgan. U O‘zbekistonda o‘zi huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan brend nomi ostida qalbaki mahsulotlar ishlab chiqarilayotganiga e’tibor qaratgan. Tekshiruv davomida “Kartoshka” savdo belgisi ostida shokolad ishlab chiqarish mahalliy FY korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Kompaniyaga qonunbuzarlikni to’xtatish va “buning uchun sabab va shartlarni” bartaraf etish talabi bilan buyruq yuborildi. Barcha talablar bajarildi, deya qayd etdi Markaz.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.