О‘zbekistonda qariyb 4 mln litr sifatsiz benzin aniqlandi
2024-yilning birinchi yarmida «О‘zenergoinspektsiya» mutaxassislari huquq-tartibot idoralari hamda elektr va gaz ta’minoti korxonalari bilan birgalikda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasini noqonuniy iste’mol qilish bilan bog‘liq 4,5 mingdan ortiq holatlarni aniqladi, deya xabar beradi Energetika vazirligi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish natijasida ko‘rilgan jami zarar 550 milliard 290 million so‘mni tashkil qilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli moddalar bo‘yicha 3382 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish tadbirlari davomida korxona va tashkilotlardan kelib tushgan tahlil qilingan 91 ta holatdan 3 million 789 ming litr sifatsiz neft mahsulotlari aniqlanib, bu ularning realizatsiya qilinishiga to‘sqinlik qilgan.
Sharhlar