О‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi Anqaradagi teraktdan so‘ng yurtdoshlarni xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirdi
О‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi bir kun avval Anqarada sodir bo‘lgan terakt munosabati bilan mamlakat fuqarolarini ehtiyotkorlik va xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.
О‘zbekiston fuqarolariga jamoat joylarida, ayniqsa aeroportlar, vokzallar, avtovokzallar, kemalar bekatlari, metro va boshqa jamoat transportlarida hushyor bo‘lishlari qat’iy tavsiya etildi.
Shuningdek, jo‘nab ketayotgan sayohatchilarga ro‘yxatdan o‘tish boshlanishidan kamida bir soat oldin aeroportlarga kelish tavsiya qilindi. Shubhali buyumlar yoki shaxslar qayd etilganida, politsiya yoki xavfsizlik bo‘limlariga (Özel güvenlik) murojaat qilish kerak.
Qayd etamiz, 23-oktyabr kuni Anqaradagi Turkish Aerospace qarorgohiga uyushtirilgan hujumda 5 kishi halok bo‘lgan, 22 kishi yaralangan. Ikki terrorchi esa o‘ldirilgan.
Sharhlar