OAV: Rossiya samolyoti 250 kg keladigan bombani Belgorod oblastidagi maktab binosiga tushirib yubordi
Rossiya samolyoti Belgorod oblastidagi maktab binosiga 250 kilogrammli bombani tushirib yuborgan. Bu haqda “Pepel” va Astra yozadi. Mahalliy aholining “Pepel” telegram kanaliga aytishicha, 19-noyabrga o‘tar kechasi Ukraina bilan chegaradan 45 kilometr uzoqlikdagi Bikovka qishlog‘ida joylashgan maktabga bomba tushgan. Ta’kidlanishicha, qurbonlar yo‘q.
Astra kanalining hudud favqulodda xizmatlaridagi manbasiga ko‘ra, bomba “to‘satdan” (boshqacha aytganda, samolyotdan tushib qolgan) ertalab soat oltilarda tushib ketgan. U binoning tomini yorib o‘tgan va hozir maktabning sinf xonalaridan birida.
Nashrning xulosasiga ko‘ra, Rossiya o‘q-dorilarining Rossiya hududiga yoki Ukrainaning bosib olingan hududlariga tushgan 150 ta holati allaqachon ma’lum.
Sharhlar