Orol dengizi yiliga 15-75 mln tonna chang va tuz tarqatadi
“O‘zgidromet” Orol dengizi qurishining atrof-muhitga ta’siri haqida hisobot e’lon qildi.
Xususan, Orol dengizi yiliga 15-75 million tonna chang va tuzning asosiy tarqalish manbasiga aylangan, ular Ustyurt tekisligi bo‘ylab janub va g‘arbga oson tarqalmoqda.
Orol dengizining qurishi mintaqadagi iqlim vaziyatini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Bir paytlar dunyodagi to‘rtinchi eng katta ko‘l bo‘lgan, obod va biologik boy tabiiy muhitga ega, havoning harorati va namligini tartibga soluvchi o‘ziga xos to‘siq hisoblangan ushbu suv havzasi maydoni 38 ming kvadrat kilometrni tashkil qiluvchi Orolqum cho‘liga aylandi.
Hozirgi vaqtda sobiq Orol dengizi hududida katta va Kichik Orol suv havzalari shakllangan bo‘lib, ular mos ravishda O‘zbekiston va Qozog‘istonda joylashgan.
Sharhlar