Toshkent viloyatida Howo samosvali Chirchiq daryosiga quladi

Фото: кадр из видео

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, natijada bir kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi viloyat IIBB YHXB.

Baxtsiz hodisa 9 iyun kuni soat 18:30 atrofida sodir bo‘lgan. Mahalliy yo‘lda kichik ko‘prikdan o‘tib ketayotgan Howo rusumli samosval Chirchiq daryosiga qulagan.

23 yoshli haydovchi qochishga muvaffaq bo‘lgan, shifokorlar unga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishgan. Kabinadagi yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.