O‘zbekistonda suv toshqini haqida oldindan ogohlantiruvchi tizimlar o‘rnatiladi

Фото: казанский федеральный центр

O‘zbekistonda suv toshqini haqida ogohlantiruvchi maxsus tizimlar o‘rnatiladi,  deb xabar beradi “TASS”.

Shuningdek, UNESCO tashkiloti bilan birgalikda Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham ana shunday tizimlar o‘rnatiladi. Tashkilot bosh direktori Odri Azulening soʻzlariga koʻra, 2024-yil yozida Qozogʻistonning Talgar va Oʻzbekistondagi Psem daryolari havzalarida, shuningdek, Qirgʻizistonning Oloy vodiysida suv toshqini haqida oldindan ogohlantiruvchi maxsus tizimlar oʻrnatiladi. Bu muzliklarning erishi munosabati bilan amalga oshirilmoqda.

Odri Azule 2050-yilga borib, UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obʼyektlarning uchdan birida muzliklar yoʻq boʻlib ketishini, biroq insoniyat qolgan uchdan ikki qismini hamon himoya qila olishini, buning uchun biz buni birgalikda qilishimiz kerakligini eslatdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.