O’tgan yili xalqaro tashkilotlarning 49 ta savolnomalari to‘ldirilgan

Foto: Fergana news

2023-yilda xalqaro tashkilotlarning 49 ta savolnomalari, jumladan, BMT Statistika bo‘limining 10 ta, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining 5 ta, YUNESKO statistika institutining 9 ta, Xalqaro Mehnat Tashkilotining 2 ta, Xalqaro Elektroaloqa Ittifoqining 2 ta va boshqa xalqaro tashkilotlarning 14 ta savolnomalari to‘ldirildi va taqdim etildi, deb xabar bermoqda Statistika agentligi axborot xizmati.

“4 ta xalqaro ma’lumotlar bazalaridagi, xususan XVJning kengaytirilgan ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi doirasida, MDH, “COMTRADE” va “TRANSMONEE” ma’lumotlar bazalarida O‘zbekistonning statistika ko‘rsatkichlari o‘z vaqtida yangilandi”, – deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.