Ozarbayjon prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Фото: Пресс-служба президента (Архив)

Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan 22—23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va ikki davlat rahbarlari boshchiligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sammitda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Asosiy e’tibor o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, yangi kooperatsiya loyihalarini yaratish, ishbilarmonlik aloqalarini, jumladan, hududlararo almashinuvni rivojlantirish, transport-kommunikatsiya salohiyatini ochish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish va boshqa muhim yo‘nalishlarga qaratiladi.

Bundan tashqari, prezidentlar ikki mamlakat biznes vakillari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazadi, qator biznes va madaniy tadbirlarda ishtirok etadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.