O‘zbek vikipediyasiga katta hissa qo’shgan 20 yoshli yigit halok bo’ldi
Toshkentda o‘zbekcha vikipediya ma’muri Muhammadali Ikramov baxtsiz hodisa tufayli halok bo’ldi.
Ikramov poytaxtdagi “Bo‘rijar” kanali cho‘milishga borib, cho‘kib ketgan.
Ikramov Muhammadali To‘lqinjonovich 2004-yilning 16-aprelida Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, 2021-yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o‘qishga kirgan. U yerda filologiya va tillarni o‘qitish mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.
Asosan o‘zbekcha vikipediyada faoliyat yuritgan Ikramov ikki yil davomida o‘zbek tilida qariyb 600 ta maqola va 5 mingdan ziyod sahifa yaratgan, minglab maqolani tahrir qilgan va 3 mingga yaqin Vikima’lumotlarni tahrir qilgan.
Umuman olganda, Muhammadali Ikramov Vikimedia jamg‘armasi loyihalarida 26 mingdan oshiq tahrir qilgan, deyiladi loyiha saytida.
Sharhlar