Antaliyada funikulyor kabinkasi qulab tushdi, jabrlanganlar bor

Фото: Iha

Turkiyaning Antaliya viloyatida funikulyor (maxsus arqon yordamida yurgiziladigan tog‘ temir yo‘li) kabinkasi balandlikdan qulab tushdi, deb xabar bermoqda IHA agentligi.

Hodisa Antaliya g‘arbida Konyaalti plyajidan tog‘ tepasiga olib boruvchi dor yo‘lida yuz berdi. Kabinalardan biri harakatlanish chog‘ida noma’lum sabablarga ko‘ra qulab tushgan. Bir necha kishi jarohat olgani aytilmoqda.

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va tez yordam yetib kelgan. Kabinalar balandlikda ichida odamlari bilan qolib ketgan, funikulyorning pastki nuqtasiga yaqinroq bo‘lganlar tushirib olingan.

Guvohlardan biri aytib berishicha, dor yo‘li buzilib qolishidan avval portlashga o‘xshash paqillash ovozi eshitilgan, shundan keyin kabinka qattiq silkingan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.