O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Fransiya klubini ishonchli mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Nitssa shahrida Fransiyaning “Reysing Grass” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida yirik g‘alabaga erishdi. Timur Kapadze shogirdlari 5:0 hisobida zafar quchdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
Jamoa navbatdagi sinov uchrashuvini 18-iyul kuni Parijdagi yozgi Olimpiadaga tayyorgarlik doirasida Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tkazadi.
Bundan tashqari, 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik hakamlar ishlashi xabar qilingan. Musobaqa uchrashuvlarini kuzatish uchun O‘zbekistondan besh nafar hakam boradi.
Ulashish:
Sharhlar