Rossiya afrikalik talabalarni urushga jo‘natmoqda — Bloomberg

Foto: Getty Images

Rossiya hukumati afrikalik talabalar va yosh muhojir ishchilarni Mudofaa vazirligi bilan shartnomalar tuzishga tobora ko‘proq majburlamoqda, ularga talab ava ishchi vizalarini uzaytirmaslik bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Bloomberg yevropalik mansabdorlarga tayanib xabar berdi. Shu tariqa armiyada xizmat qilishga jalb etilgan chet elliklar Xarkov viloyatidagi janglarda qatnashish uchun ham yuborilmoqda.

Agentlik qayd etishicha, bunday yondashuvni avvalroq “Vagner” guruhi qo‘llagan edi. Manbalarga ko‘ra, Rossiya to‘liq ko‘lamli istiloning eng boshidan buyon muhojir va talabalarni urushda qatnashishga majburlagan. Bunday harbiy xizmatchilar ayniqsa og‘ir talafotlarga uchraydi, chunki ulardan xavfli hujum operatsiyalarida — Rossiya Qurolli kuchlarining tayyorgarligi kuchliroq bo‘linmalarini himoya qilish uchun foydalaniladi.

Ukraina razvedkasi da’vo qilishicha, Rossiya chet ellik yollanma askarlarni jalb qilish uchun kamida 21 ta mamlakatda, shu jumladan, Afrikaning bir nechta davlatlarida global kampaniya olib bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada jami 35—37 ming nafar afrikalik talab tahsil oladi. Rossiya OTMlari har yili ajratilgan kvotalar bo‘yicha mutlaqo bepul o‘qish uchun Afrika mamlakatlaridan olti mingga yaqin abituriyentni tanlab oladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.