O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati saralash bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Фото: news.sportbox.ru

27-iyun kuni Malayziyada 2026-yilgi futbol bo‘yicha Osiyo davlatlari o‘rtasidagi Jahon chempionatiga saralashning uchinchi bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, uning raqibi Eron, Qatar, BAA, Qirg‘iziston va KXDR terma jamoalari bo‘ladi.

“B” guruhida Koreya, Iroq, Iordaniya, Ummon, Falastin va Quvayt terma jamoalari o‘rin olgan.

“S” guruhiga Yaponiya, Avstraliya, Bahrayn, Xitoy, Indoneziya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari kirdi.

Uchrashuvlar taqvimi:

  • O‘zbekiston – Shimoliy Koreya, 2024-yil 5-sentabr;
  • Qirg‘iziston – O‘zbekiston, 2024-yil 10-sentabr;
  • O‘zbekiston – Eron, 2024-yil 10-oktabr;
  • O‘zbekiston – BAA, 2024-yil 15-oktabr;
  • Qatar – O‘zbekiston, 2024-yil 14-noyabr;
  • Shimoliy Koreya – 2024-yil 19-noyabr;
  • O‘zbekiston – Qirg‘iziston, 2025-yil 20-mart;
  • Eron – O‘zbekiston, 2025-yil 25-mart;
  • BAA – O‘zbekiston, 2025-yil 5-iyun;
  • O‘zbekiston – Qatar, 2025-yil 10-iyun.

Guruhlarida dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallaganlar keyingi bosqichda kvotalar uchun kurashni davom ettiradilar.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.