O‘zbekistonda erkaklar ko‘pmi yoki ayollar?

Foto: uzstat

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-oktabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 37,4 mln kishini tashkil etgan.

Shundan:

Ayollar soni – 18 545,9 ming kishi

Erkaklar soni – 18 809,5 ming kishi

2024-yilning 1-oktabr holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 263,6 ming kishiga ko‘p.

Avvalroq, O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga oshayotganligi haqida xabar berilgan edi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.