O‘zbekistonda qarindoshlari sudlanganligi uchun ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanadi
O‘zbekistonda yaqin qarindoshlarning, jumladan, sudlanganlik yopilgani sababli ishga qabul qilishdan bosh tortish noqonuniy deb tan olindi, deya xabar beradi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi.
Mehnat kodeksi va “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunga yaqin qarindoshlarning, jumladan, sudlanganlik yopilgani sababli ishga qabul qilishdan bosh tortish noqonuniy hisoblanishi haqidagi o‘zgartirishlarni kiritish rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur qonun fuqarolar himoyasining huquqiy kafolatlarini yanada mustahkamlash, ularning huquqlarini amalga oshirishda teng imkoniyatlarni ta’minlash, shuningdek, ishga qabul qilishni noqonuniy rad etish holatlarini kamaytirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va korruptsiyaning oldini olishga xizmat qiladi.
Sharhlar