O‘zbekistonlik futbolchi jahonning istiqbolli yosh futbolchilari ro‘yxatiga kiritildi

Фото: взгляд
“Bunyodkor” klubi va O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi himoyachisi Azizbek To‘lqinbekov “The Guardian” talqini bo‘yicha dunyoning 60 nafar umidli yosh futbolchilari ro‘yxatiga kiritildi.

To‘lqinbekov o‘zini asosiy jamoada o‘ynab kelayotgan “Barcelona”dan Pau Kubarsi, Mark Bernal va Lamin Yamal kabi iste’dod egalari bilan tenglashtirib oldi.

O‘zbekistonda iqtidorli futbolchilar o‘rtasidagi raqobat yuqori bo‘lishiga qaramay, To‘lqinbekov o‘zini 2023-yilgi 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida e’lon qildi.

Uning o’yini to’p ustidagi xotirjamligi, o’yinni yaxshi o’qishi, himoyada ham, yarim himoyada ham ishonchli harakat qila olishi bilan ajralib turadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.