O‘zgalar nomiga 336 mln. “onlayn kredit” rasmiylashtirgan “soxta bankir” qo‘lga tushdi
Andijon viloyatida yashovchi 26 yoshli ayol X.O‘. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum sabablarga ko‘ra uning nomiga kredit rasmiylashtirilganligini va aybdor shaxsga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Andijon viloyatida yashovchi T.A. sodir etganligi aniqlangan.
“T.A. fuqarolarga bankdan “onlayn kredit” olishda yordam berishini aytib ularni aldab, jami 336 mln. so‘m atrofida kredit rasmiylashtirib, pullarni noqonuniy o‘zlashtirganligi ma’lum bo‘ldi”, – deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan T.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Sharhlar