O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlar kengashining 8-majlisi bo‘lib o‘tdi

Foto: Bosh vazir matbuot kotibi

Toshkent shahrida O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlar kengashi 8-majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi prezidiumi a’zosi Manfred Grundke hamraisligida o‘tgan majlisda Davlatlar Rahbarlarining uzoqni ko‘zlab olib borayotgan siyosatlari tufayli bugun O‘zbekiston-Germaniya munosabatlari strategik hamkorlikning mutlaqo yangi darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlangan.

Germaniya ishbilarmon doiralari bilan “yashil” energetika, raqamlashtirish, inson va mehnat resurslari, oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, metallurgiya, kimyo, avtomobilsozlik, elektrotexnika hamda boshqa ko‘plab sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.