O‘zbekiston delegatsiyasi Paralimpiya o‘yinlarini o‘z tarixidagi eng yaxshi natija bilan yakunladi
28-avgustdan 8-sentabrga qadar davom etgan Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Dunyoning 168 ta mamlakatidan tashrif buyurgan eng kuchli para atletlar ishtirok etgan ushbu o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etishga erishdi. O‘zbekistonlik sportchilar bellashuvlarda 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza, jami 26 ta medal qo‘lga kiritib, 13-o‘rindan joy oldi. Bu haqda O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Oltin medallarni quyidagi sportchilar qo‘lga kiritdi:
Asila Mirzayorova – para yengil atletika T11 uzunlikka sakrash
Elbek Sultonov – para yengil atletika F12 yadro uloqtirish
Xusniddin Norbekov – para yengil atletika F35 yadro uloqtirish
Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev – para yengil atletika F37 yadro uloqtirish
Bobirjon Omonov – para yengil atletika F41 yadro uloqtirish
Tolibboy Yo‘ldashev – para yengil atletika F37 disk uloqtirish
Yorqinbek Odilov – para yengil atletika F57 nayza uloqtirish
Nurxon Qurbonova – para yengil atletika F54 nayza uloqtirish
Sherzod Namozov – para dzyudo J2 -60kg
Asad Toshtemirov – para taekvondo K44 -80 kg
Kumush medal:
Doniyor Saliyev – para yengil atletika T12 uzunlikka sakrash
Safiya Burxanova – para yengil atletika F12 yadro uloqtirish
Kubaro Hakimova – para yengil atletika F41 yadro uloqtirish
Shahina Yigitaliyeva – para yengil atletika F46 nayza uloqtirish
Kumushxon Xodjayeva – para dzyudo J2 -57 kg
Ro‘za Kuziyeva – para pauerlifting -73 kg
Ziyoda Isoqova – para taekvondo K44 -47 kg
Guljanoy Naimova – para taekvondo K44 +65 kg
Server Ibragimov – para o‘q otish P4 50 metrga to‘pponchadan otish
Bronza medal:
Temur Giyazov – para yengil atletika T64 balandlikka sakrash
Tolibboy Yo‘ldashev – para yengil atletika F37 yadro uloqtirish
Nurxon Qurbonova – para yengil atletika F54 yadro uloqtirish
Mohigul Hamdamova – para yengil atletika F57 disk uloqtirish
Uchqun Quronboyev – para dzyudo J2 -73 kg
Dovurxon Karomatov – para dzyudo J2 -90 kg
Muslima Odilova – para suzish S13 100 metr batterflay
Ushbu natija bilan O‘zbekiston delegatsiyamiz Paralimpiya o‘yinlarini 168 ta mamlakat orasida 13-o‘rinda yakunladi. Shuningdek, Osiyoda uchinchi, MDH, Markaziy Osiyo mintaqasi, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ko‘plab jihatlar bilan sportimiz tarixiga muhrlanmoqda, deyiladi xabarda. Jumladan, tarixda ilk bor 65 nafar para atletimiz Paralimpiya o‘yinlariga 113 ta litsenziya qo‘lga kiritdi, delegatsiyamiz birinchi bor Paralimpiya o‘yinlarida 9 ta sport turida ishtirok etdi, Paralimpiya o‘yinlari tarixida birinchi marta para yengil atletikachilarimiz 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-o’rinni va para taekvondochilarimiz 3 ta medal bilan umumjamoa hisobida 3-o’rinni egalladi, Xusniddin Norbekov O‘zbekiston tarixida 3 karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk sportchiga aylandi, Shaxina Yigitaliyeva delegatsiyamiz tarkibida Paralimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘lgan eng yosh sportchi sifatida tarixga kirdi.
Sharhlar