Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar yer solig‘idan ozod etiladi
27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Parrandachilik sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalarni va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 238-sonli Qarori qabul qilindi.
Unga ko’ra:
2030-yil 1-yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslar yer solig‘idan (ekin maydonlari bundan mustasno) ozod etiladi.
Imtiyoz Soliq kodeksiga tegishli o’zgartirishlar kiritilgandan keyin qo’llaniladi.
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan baza qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash, shuningdek pillachilik uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansidagi mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga kamaytiriladi.
Soliq kodeksi 414-modda
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xo‘jaligi korxonalari o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishdan olingan foydasi bo‘yicha foyda solig‘i stavkasi 0 % etib belgilangan.
Shu bilan birga, soliq to‘lovchilar o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari jami daromadning 90 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etsa, faoliyatning barcha turlari bo‘yicha 0 % miqdorida soliq stavkasini qo‘llashga haqlidir.
Soliq kodeksi 337-modda
Sharhlar