Yaponiyada sunami xavfi e’lon qilindi

цунами япония
Фото: погодник

Tayvandagi zilzila tufayli, Yaponiyada sunami xavfi e’lon qilindi, deb xabar beradi NHK. Mutaxassislar uch metr balandlikdagi to‘lqinlar haqida ogohlantirmoqda.

Tayvan qirg‘oqlari yaqinida yuz bergan zilzila magnitudasi 7,5 ni tashkil qilgan, oqibatda sunami hosil bo‘lib, Yaponiyaning Ynaguni oroliga yetib borgan. Shu munosabat bilan Okinava prefekturasida sunami xavfi e’lon qilingan.

Tayvan Meteorologiya boshqarmasi xabariga ko‘ra, ikkita yer osti silkinishi qayd etilgan bo‘lib, epitsentr 15 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, 3-aprel kuni ertalab Tayvanda ketma-ket zilzilalar yuz berdi. Ular so‘nggi 25 yil ichidagi eng kuchli zilzila deb atalmoqda. Kamida to‘rt kishi halok bo‘lib, 97 kishi jabrlandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.