Pavel Durov O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlariga kelishi kutilmoqda

Фото: @durov / Instagram

Telegram asoschisi Durov yozni Markaziy Osiyoda o‘tkazishini e’lon qilgan. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Dubayda istiqomat qiluvchi Durov mamlakatda havo harorati keskin isiyotganini aytdi.

“Do‘stlarim Fransiyaning janubi kabi zamonaviy joylarga bormoqda. Fransiya fuqarosi sifatida bu davlatni dam olish uchun eng yaxshi joy ekaniga qo‘shilaman”, — deb yozgan u.

Biroq u Telegram bosh direktori sifatida ta’tilga chiqmasligini qayd etgan.

“Buning o‘rniga, foydalanuvchilarimiz bilan noodatiy joylarda uchrashish orqali ish faoliyatimni davom ettiraman. Bu yozda Markaziy Osiyoga tashrif buyurib, u yerda hayot qanday kechayotgani, odamlar Telegram’dan qanday foydalanishlarini va ularning raqamli ehtiyojlarini o‘rganishga qaror qildim”, — degan messenjer asoschisi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.