Pensiya bilan nafaqaning farqi nimada
Ko‘pchilik fuqarolar pensiya va nafaqa so‘zlarini bir xil tushuncha deb hisoblashadi. Ya’ni “nafaqa” so‘zi “pensiya” so‘zining rus tilidan tarjimasi deb tushunishadi. Aslida esa bu ikki so‘z ikki xil ma’noni anglatadi.
Xo‘sh, qanday?
Pensiya — bu uni olish huquqi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga to‘lish, nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul to‘lovi.
Bu holatda kamida 7 yil ish stajiga ega bo‘lgan 55 yoshdagi ayollar va 60 yoshdagi erkaklar yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga egadirlar.
Pensiya miqdori fuqaroning ish staji va ish haqiga muvofiq tayinlanadi.
Nafaqa — “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga nafaqa yoshiga to‘lishi, nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul to‘lovi. Nafaqalar qonunchilikda belgilangan qat’iy miqdorlarda to‘lanadi.
Ish staji 7 yilga yetmagan ayollar 60 yoshdan hamda erkaklar 65 yoshdan yoshga doir nafaqaga chiqishlari mumkin.
Sharhlar