Toshkentda 19 yoshli haydovchi piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi
Toshkentda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 19 yoshli yigit piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.
Joriy yilning 12-aprel kuni soat 12:30 larda Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasi 14a-uy qarshisida (haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan) 2005-yilda tug‘ilgan K.Sh. Nexia 3 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyoda 1975-yilda tug’ilgan A.R.ni urib yuborgan.
Piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalaini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Sharhlar