NATO mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli kuchlari kursantlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda

Foto: Mudofaa vazirligi

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi.

Dastlab delegatsiya aʼzolariga Markazning oʻquv-moddiy bazasi va oʻquv xonalarida yaratilgan sharoitlar tanishtirilib oʻtildi.

Shundan soʻng Markazning Madaniyat va maʼrifat markazida mehmonlar oʻzaro tanishuv suhbati hamda masʼul shaxslar ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Brifing davomida markaz shaxsiy tarkibi va kursantlarga NATO harbiy hamkorligi toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlar berildi. Shundan soʻng Markazda tahsil olayotgan kursantlar uchun NATOga a‘zo davlatlarda serjantlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bir qator mavzularda mashgʻulotlar tashkil etildi hamda mavzu boʻyicha oʻzaro fikrlar almashildi.

Mazkur hamkorlikdagi oʻquv-uslubiy mashgʻulotlar 20-aprel kuniga qadar davom etadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.