Prezident farmoni bilan Baxtiyar Xamidovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bosh direktori Xamidov Baxtiyar Sultanovichga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni berildi.
Ushbu unvon Baxtiyar Xamidovga davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, bank-moliya tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish, muhim investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ulkan xizmatlari hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan berilgan.
Ulashish:
Sharhlar