Prezidentning “yashil” iqtisodiyotga doir qarori qabul qilindi

Foto: yuz.uz

5-iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezidentning Qarori 213-sonli qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashga issiqxona gazlarining xatlovi bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:

  • issiqxona gazlari xatlovi hisobotini tasdiqlash;
  • xatlov tizimining ichki qoidalarini tasdiqlash va yangilab borish;
  • issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • xatlov tizimi ishtirokchilarining salohiyatini oshirish choralarini ko‘rish.

2024-yil 1-dekabrgacha milliy shaffoflik tizimi onlayn platformasi (onlayn platforma) ishga tushirilishi va uning “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasiga integratsiya qilinishi ta’minlanadi.

2025-yil 1-yanvargacha tajriba-sinov tariqasida muayyan soha, hudud va korxonalarda issiqxona gazlari ajratmalari xatlovdan o‘tkazilishi ta’minlanadi.

Bunda onlayn platformaning faoliyati Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashil” iqtisodiyot loyihalari markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.