Rossiya hududlarida qarovsiz qolgan bolalar O’zbekistonga qaytarildi
14-avgust kuni Rossiyaning Novosibirsk shahridan ota-ona qaramog‘isiz qolgan bir guruh O’zbekiston bolalari Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Bosh konsulxona ko‘magida Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlarida qarovsiz qolgan 14 yoshgacha bo‘lgan O’zbekiston bolalari Sibir poytaxtiga to‘plandi.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni imkon qadar tezroq olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan. Shuningdek, bolalarni issiq ovqat bilan o‘z vaqtida ta’minlagan.
Ayni paytda ota-onasi turli sabablarga ko‘ra, ularning tarbiyasida ishtirok eta olmagan jami sakkiz nafar bolalar O’zbekistonga sog‘-salomat yetib olgan.
Sharhlar