Qashqadaryo va Farg‘onada iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holatlari aniqlandi

Foto: Deportament

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tezkor tadbir davomida fuqaro F.K. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin ravishda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotganligi fosh etildi. Ushbu xonadondan 300 litr yog‘, 354 kg paxta hamda 6 dona uskuna aniqlanib, jami 189,3 mln so‘mlik moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi tezkor tadbirda fuqaro E.X. Buvayda tumanidagi “Xo‘jaobod” mahallasida yashirin sex tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi. Sexdan 712 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 874 kg chigit va ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilgan boshqa vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Har ikkala holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.