Jahon bo‘yicha mudofaa uchun xarajatlar rekord darajaga yetdi

Фото: Тасс

Jahon bo‘yicha mudofaa uchun xarajatlar butun tarix mobaynidagi rekord ko‘rsatkichga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti” Stokgolm tinchlik muammolarini o‘rganish xalqaro instituti (SIPRI) taqdim etgan hisobotga tayanib.

2023-yilda mudofaa uchun xarajatlar 2443 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu SIPRI tomonidan qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Mudofaaga xarajatlar miqdori bo‘yicha yetakchilar o‘nligiga AQSH, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ukraina, Fransiya va Yaponiya kirdi.

AQSH (916 milliard dollar) va Xitoy (296 milliard dollar) mudofaa uchun sarflagan mablag‘lar dunyo bo‘yicha jami xarajatlarning qariyb yarmini tashkil etadi. Rossiyada ushbu ko‘rsatkich 109 milliard dollarga teng bo‘ldi — bu 2022-yilga qaraganda 24 foizga ko‘p demakdir. Ukraina 64,8 milliard dollar bilan sakkizinchi pog‘onada joylashdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.