Qirg‘iziston davlat madhiyasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda

Фото: Tazabek kg

Qirg‘iziston davlat madhiyasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda  parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev ma’lum qildi , deya xabar beradi OAV.

U SSSR parchalanganidan keyin qabul qilingan madhiya eskirganligini, hozirda mamlakat mustahkamlanib, rivojlanib borayotgani sababli uni yangilash zarurligini ta’kidladi.

Shakiyevning taʼkidlashicha, yangi madhiya shunday boʻlishi kerakki, uni barcha fuqarolar kuylay oladi.

Qirg‘iziston Respublikasi madhiyasi 1992-yilda tasdiqlangan, 2012-yilda esa matndan bir misra chiqarib tashlangan.

Ma’lumot o’rnida, Qirg‘iziston Respublikasi madhiyasining soʻzlarida togʻlar bilan oʻralgan ona yurtning go‘zalligi, qadimiy tarixiy ildizlar, va mustaqillik yoʻlida olib borilgan kurashlar yodga olinadi. U xalqning birdamligi va birgalikda kelajak sari intilishini, yosh avlodlarning tinchlik va farovonlikda yashashini ta’minlashga bo‘lgan intilishni madh etadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.