Ramzan Qodirov Toshkentga tashrifi haqida gapirib berdi

Фото: kadyrov 95

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 26-may kuni Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari — Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev ishtirokida ikki mamlakat hududlari kengashi majlisida qatnashish uchun Toshkentga keldi. U Telegram-kanalida o‘z safari haqida post e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ularni iliq kutib olgan. Uchrashuv chog‘ida Aripov mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklikning strategik xususiyatini ta’kidlagan. Shuningdek, u mamlakatlar o‘rtasida do‘stona aloqalar yuzaga kelgani, ularni saqlab qolish va rivojlantirish zarurligini bildirgan.

“Chechenistonliklar O‘zbekistonga nisbatan alohida iliqlik his qiladi, chunki u yerda Checheniston birinchi prezidenti, Rossiya qahramoni Ahmad-Hoji Qodirov tahsil olgan. Qadimdan xalqlar bir-biriga qardoshdek munosabatda bo‘lgan. Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas. Rossiya va O‘zbekiston hududlari kengashi majlisi mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklik va do‘stlik yanada rivojlanishi uchun kuchli turtki beradi”, — dedi Ramzan Qodirov.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.