Qoraqalpog‘istonga ajratilgan 10 milliard so‘m subsidiya ishlatilmasdan qolgan

Foto: yuz.uz

Prezident raisligidagi videoselektor yig’ilishida Prezident respublika bo‘yicha 2 million gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingani natijasida o‘tgan yilning o‘zida 2 milliard kub metr suv tejalganini va 50 dan ortiq mahalliy korxona bunday texnologiyalarni o‘zimizda chiqarayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, selektorda tomchilab sug‘orish joriy qilingan dalalarda tomchilatib sug’orish tizimi ishlamayotgani, Qoraqalpog‘istonga lazerli tekislash uchun ajratilgan 10 milliard so‘m subsidiya berilgan bo‘lsa-da, bu mablag‘ ishlatilmayotgani qattiq tanqid qilindi.

Mas’ul idoralarga lazerli tekislash, suv tejovchi texnologiyalarning joriy etilishi va ishlatilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.

Qoraqalpog‘istonda mavjud lazerli tekislangan yerning har gektariga 1 million so‘mdan subsidiya berish tizimini  Xorazmda ham joriy qilish bo’yicha fikr bildirildi yig’ilishda.

Umuman, kelgusi yilda suv tejovchi texnologiyalar uchun 700 milliard so‘m subsidiya, 2,5 trillion so‘m kredit ajratilishi belgilandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.