AQSH Nigerdan o‘z qo‘shinlarini olib ketadi

Foto: Getty Images

AQSH hukumati bir necha oy ichida Nigerdan butun harbiy kontingentini olib ketishga rozi bo‘ldi, mamlakatni jami mingdan ortiq amerikalik harbiy xizmatchilar tark etadi, deb yozadi “RBK”.

Ushbu qaror olti yil avval 110 million dollarga qurilgan Amerika aviabazasi maqomini savol ostiga qo‘yadi. Uning yordamida AQSH Niger va unga qo‘shni mamlakatlarda terrorchilik va ekstremistik guruhlar faoliyatini kuzatib, oldini olish bilan shug‘ullanardi.

Bir necha oylar davomida amerikalik mansabdorlar bu vaziyatga yo‘l qo‘ymaslikka urindi. Pentagon va Davlat departamentining yuqori mansabli xodimlari nigerlik hamkasblari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan, ammo ular keskin bo‘lgan, mahalliy hukumat ularni Rossiya, Eron va AQSHning boshqa raqiblari bilan aloqalar o‘rnatish masalasida bosim o‘tkazishga urinishda aybladi.

Amerikalik mansabdorlar qayd etishicha, Nigerning strategik manfaatli joylashuvi va uning avvalgidek hamkorlikka shayligini boshqa mamlakatlarda topish qiyin bo‘ladi. Pentagon harbiy xizmatchilarini G‘arbiy Afrika mamlakatlariga joylashtirishni muhokama qilmoqda.

AQSH bilan harbiy hamkorlikni uzishga o‘tgan yil iyulida demokratik saylangan prezident Muhammad Bazumni ag‘darib hokimiyat tepasiga kelgan harbiy xunta qaror qildi. AQSH armiya harakatlarini qoralab, hodisani to‘ntarish deb atadi, bu ikki davlat aloqalarini yomonlashtirdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.