Qoraqalpoq qora uyi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Foto: uzbektourism

Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasida dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (o‘tov) barpo etildi va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqida Turizm qo’mitasi xabar bermoqda.

22-avgust kuni “Oq qush” majmuasida Ginnes rekordlar kitobi sertifikatining tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, davlat idoralari rahbarlari, mahalliy yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Xabarga ko’ra, mazkur o‘tovning diametri 40,5 metrni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, qora uy teri yoki kigiz bilan o’ralgan bo’lib, dumaloq shaklga ega chodir hisoblangan. U asosan Markaziy Osiyoning cho’lli hududlarida ko’chmanchi guruhlar tomonidan yashash joyi sifatida foydalanilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.