Putinning muxtor vakili Rossiya hududlaridagi toshqinlarda Qozog‘istonni aybladi

Фото: РБК

Rossiya Kurgan va Tyumen viloyatlarida bahorgi toshqinlarga duch kelmasligi uchun, Qozog‘iston o‘z suv omborlari tizimida suvni kelishilgan holda oqizishi kerak edi. Bu haqda Rossiya prezidentining Ural federal okrugidagi muxtor vakili Vladimir Yakushev aytib o‘tdi.

“Bizda mana shunaqa qish bo‘lib, yetarlicha miqdorda qorimiz bo‘lganidan keyin, suv omborida juda katta suv zaxirasi to‘planadi, shunday paytda suv omborlaridan suv oqizish kelishilgan holatda, to‘g‘ri va tekis bo‘lishi uchun qozog‘istonlik hamkasblarimiz bilan ko‘proq ishlash kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p”, — dedi Yakushev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda Qozog‘istonda suv oqizishni to‘g‘ri yo‘lga solish orqali, bir nechta viloyatlarda bahorgi toshqinlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaslik mumkin bo‘ladi. Hozircha esa Kurganda “katta suv”ga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. “Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu tarixiy maksimum”, — dedi u.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.