Qrimda Rossiyaning Ka-27 vertolyoti yo‘q qilindi

Фото: википедия

Qrimda Rossiyaning ko‘p funksiyali Ka-27 vertolyoti yo‘q qilindi, deb xabar beradi UNIAN.

Bu haqda Ukraina Harbiy-dengiz kuchlari vakili Dmitriy Pletenchuk ma’lum qilgan. “Qrimda Rossiyaning bitta KA-27 vertolyotidan qutuldik. U nimadir qidirgandi, topdi”, — dedi u.

Ka-27 vertolyoti suvosti kemalarini aniqlash, kuzatish va yo‘q qilish uchun mo;ljallangan. U taktik vazifalarni mustaqil ravishda ham, guruh tarkibida ham amalga oshira oladi. Vertolyot qirg‘oq aerodromidan va kema bortidan ishlay oladi.

Ukraina Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, 10-aprel holatiga Rossiyaning jami 325 ta vertolyoti yo‘q qilingan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.