Qo‘qonda 23 yil avval to‘rt kishini o‘ldirgan shaxs bir umrga ozodlikdan mahrum etildi
Farg‘ona viloyatidagi Qo‘qon shahrida 2001-yilda to‘rt kishini o‘ldirgan erkakka nisbatan hukm o‘qildi, deb xabar beradi Oliy sud matbuot xizmati.
23 yil avval 25-avgustga o‘tar kechasi sudlanuvchi o‘g‘irlik va qotillik maqsadlarida birovning uyiga kirgan. O‘zi bilan pichoq va bolta bo‘lgan. Ayblanuvchi bir oilaning to‘rt a’zosini bosh, yuz va bo‘yin qismlariga zarbalar berish orqali o‘ldirgan.
U uydan turli qimmatbaho taqinchoqlar va pullarni olib qochgan, so‘ng Rossiyaga jo‘nab ketgan.
2022-yil oktabrida ayblanuvchi hibsga olingan va O‘zbekistonga topshirilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi erkakni Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha aybdor deb topdi. U umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi, jazoni maxsus rejimli koloniyada o‘taydi.
Sharhlar