Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov sog‘ligi tufayli lavozimidan ozod etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishi kun tartibidagi navbatdagi masala – qurilish va transport kompleksidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Qurilish sohasi yarim yilda 10 foizga o‘sib, 80 trillion so‘mga yetdi. Shunday bo‘lsa-da, xotirjamlikka berilmay, qurilishda tannarxni pasaytirish bo‘yicha jiddiy shug‘ullanadigan vaqt kelgani ta’kidlandi.
Qurilish tannarxi faqat yer va qurilish materiallariga bog‘liq emasligi, texnik talablarni moslashtirish, loyihani kelishish, qurilishga ruxsat olishdagi murakkab tartibotlar ham tannarxga ta’sir qilishi qayd etildi.
Bu boradagi jarayonlar takomillashtirilib, tadbirkorlar uchun sharoitlar yaxshilansa, qurilish materiallari, eltexsanoat, ipoteka xizmatlari kabi yondosh sohalar rivojlanishiga katta turtki bo‘ladi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov sog‘ligi tufayli lavozimidan ozod etildi, vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Sharhlar