JARda avtobus ko‘prikdan quladi, 45 kishi halok bo‘ldi

автобус
Фото: Mriya.news

Janubiy Afrika Respublikasida avtobus ko‘prikdan qulashi natijasida kamida 45 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda SABC radiostansiyasi.

YTH 28-mart kuni Limpopo provinsiyasida yuz bergan. Avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida transport vositasi Mokopane va Marken shaharlari oralig‘idagi tog‘li dovonda ko‘prikdan tushib, so‘ng yonib ketgan. Oqibatda 45 kishi halok bo‘lib, yana bir necha kishi jiddiy jarohatlar olgan.

Ta’kidlanishicha, avtobus yo‘lovchilari ziyoratchilar bo‘lgan, ular Sent-Engenas shahridagi cherkovga pasxa ibodati uchun ketayotgan bo‘lgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.